Ro'yxatdan o'tish Tizimga kirish

"JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT" XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2024 YIL UCHUN TO'RTINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ

"JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT" JURNARLINING 2024 YIL UCHUN TO‘RTINCHI SONI NASHR ETILDI (60-bet; tiraj 700 nusxa).

 

Yangi sonda 12 ta ilmiy-uslubiy maqolalar (4 ta maqola o‘zbek tilida, 7 ta maqola rus tilida va 1 ta maqola ingliz tilida) quyidagi sarlavhalarda keltirilgan: sport fani: muammolar va istiqbollar; ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ta'lim yo'nalishlari va darajalari bo‘yicha); sport mashg‘ulotining texnika, taktika va uslubiyati; jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik asoslari; bolalar- o‘smirlar sporti; ommaviy jismoniy tarbiya va sport va yangi bo‘lim – maxsus maktabgacha pedagogika.

Muhokama qilingan mavzular: O‘zbekistonda taekvondoni rivojlantirish istiqbollari; yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimi; raqamli texnologiyalarni talabalar o‘quv jarayoniga samarali integrasiya qilish modeli; O‘zbekiston Olimpiya va o‘smirlar terma jamoalari futbolchilarining texnik-taktik tayyorgarligi; sport gimnastikada mashg‘ulot yuklamalari va ularning komponentlari; yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi va funksional holati; katta maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy buzilishlarning oldini olish dasturi; yengil atletika vositalaridan foydalangan holda talabalar o‘rtasida chidamlilikni rivojlantirish.

 

Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining "Jurnallar" bo'limi yoki EBSCO veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
 

Hurmatli o'quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.