"JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT" XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2024 YIL UCHUN TO'RTINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ
"JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA,
TA'LIM, MASHG'ULOT" JURNARLINING 2024 YIL UCHUN TO‘RTINCHI SONI NASHR
ETILDI (60-bet; tiraj 700 nusxa).
Yangi sonda 12 ta
ilmiy-uslubiy maqolalar (4 ta maqola o‘zbek tilida, 7 ta maqola rus tilida va 1
ta maqola ingliz tilida) quyidagi sarlavhalarda keltirilgan: sport fani:
muammolar va istiqbollar; ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ta'lim
yo'nalishlari va darajalari bo‘yicha); sport mashg‘ulotining texnika, taktika
va uslubiyati; jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va
ijtimoiy-psixologik asoslari; bolalar- o‘smirlar sporti; ommaviy jismoniy
tarbiya va sport va yangi bo‘lim – maxsus maktabgacha pedagogika.
Muhokama qilingan mavzular:
O‘zbekistonda taekvondoni rivojlantirish istiqbollari; yuqori malakali
sportchilarni tayyorlash tizimi; raqamli texnologiyalarni talabalar o‘quv
jarayoniga samarali integrasiya qilish modeli; O‘zbekiston Olimpiya va
o‘smirlar terma jamoalari futbolchilarining texnik-taktik tayyorgarligi; sport
gimnastikada mashg‘ulot yuklamalari va ularning komponentlari; yosh
voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi va funksional holati; katta
maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy buzilishlarning oldini olish dasturi;
yengil atletika vositalaridan foydalangan holda talabalar o‘rtasida
chidamlilikni rivojlantirish.
Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining "Jurnallar" bo'limi yoki EBSCO veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli o'quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.