Ro'yxatdan o'tish Tizimga kirish

Jurnal tahririyati tomonidan seminar trening tashkil etildi

Jurnal tahririyati tomonidan 2025-yil yanvar oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy bo‘limi va “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti bilan hamkorlikda “Taekvondo va sport menejmenti” kafedralari magistrant, aspirant va yosh o‘qituvchilari uchun ilmiy trening tashkil etildi. Tadbir mamlakatimizda ilmiy-pedagogik salohiyatni mustahkamlash maqsadida tahririyat siyosatini takomillashtirishning dolzarb mavzusiga bag‘ishlandi. Trening davomida jurnalning ilmiy sarlavhalarini kengaytirish, iqtidorli yoshlar va ilmiy rahbarlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi tadqiqotchilarni jurnalda o‘z ishlarini chop etishga jalb etish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.