Ro'yxatdan o'tish Tizimga kirish

«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2025-YIL UCHUN TO‘RTINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ

«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» JURNARLINING 2025-YIL UCHUN TO‘RTINCHI SONI NASHR ETILDI (56 bet; tiraj 1000 nusxa).

        Yangi sonda quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 11 ta ilmiy-uslubiy maqola (6 ta o‘zbek tilida va 5 ta rus tilida) taqdim etilgan: pedagogik kadrlarni tayyorlash; sport mashg‘ulotining texnika, taktika va uslubiyati; bolalar-o‘smirlar sporti; jismoniy tarbiya muammolari; ommaviy jismoniy tarbiya va sport; maxsus maktabgacha pedagogika.
         Muhokama qilingan mavzular: pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalarining inklyuziv ta’lim sharoitlarida ishlashga kasbiy tayyorligi; malakali ayol bokschilarning sport tayyorgarligida CrossFit; jismoniy tayyorgarlik vositalarining sport zaxira guruhi bokschilarining mashg‘ulot jarayoni tizimiga ta’siri; yosh gandbolchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanish; Oʻzbekiston milliy siyosat tuzilmasida jismoniy faollikni oshirishning innovatsion modeli; jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliygohlardagi talaba qizlarning harakat faolligi rivojlanishida aerobikaning turli yoʻnalishlari, vositalari va elementlaridan foydalanish; stol tennisining talaba qizlar funksional holati va jismoniy tayyorligiga ta’siri; tаlаbаlаrning mashg‘ulotlar jarayonida jismоniy tаyyоrgаrligini pedagogik nazorat qilish texnologiyasi; jismoniy tarbiya darslarida talabalarning harakat qobiliyatlarini rivojlantirishni shaxsiylashtirish: axborot texnologiyalarining darajasi, mutanosibligi va qo‘llanilishini hisobga olish; oʻsmir yoshdagi sportchi maktab oʻquvchilarining o‘zini oʻzi tashkil etish xususiyatlari; jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun basketbol o‘qitishda o‘qituvchilarning uslubiy hamrohligi.

Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining «Jurnallar» bo‘limi yoki «EBSCO» va «Crossref» veb-saytlari orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli o‘quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.