Ro'yxatdan o'tish Tizimga kirish

«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT» JURNALI HAQIDA

Maqsad va vazifalar
Tahririyat kengashi o'quvchilarga mahalliy va xalqaro jismoniy tarbiya va sport muammolari bo'yicha ilmiy yangiliklar to'g'risida ma'lumot beradi. Shu bilan birga, jurnalda mamlakatimiz va jahon hamjamiyatining sport-pedagogik, ta'lim va tarbiya jarayonlari sohasidagi ilmiy-axborot yo'nalishidagi eng yaxshi ishlar chop etilib boriladi. O'zbekiston Respublikasida pedagogika sohasidagi islohotlar tufayli amalga oshirilayotgan innovatsion g'oyalar ilmiy jamoatchilikka mohiyatiga ko'ra yetkaziladi.

Jurnal yo'nalishlari
- jismoniy tarbiya va sport solnomasi;
- pedagog kadrlarni tayyorlash;
- ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ta'lim yo'nalishlari va darajalari bo'yicha);
- sport fani: muammolar va istiqbollar;
- kasb-hunar ta'limi metodologiyasi va texnologiyasi;
- sport mashg'ulotining texnika, taktika va uslubiyati;
- jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik asoslari;
- bolalar va o'smirlar sporti;
- olimpizm;
- jismoniy tarbiya muammolari;
- ta'lim iqtisodiyoti va menejment;
- ommaviy jismoniy tarbiya va sport.

Qabul qilinadigan maqolalar tili
O'zbek, rus, ingliz.

Ko'rib chiqish
Jurnalda chop etiladigan maqolalar muallifning ish joyidan, o'qish joyidan yoki ushbu mutaxassislik bo'yicha boshqa oliy o`quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari tomonidan ko'rib chiqish jarayonidan o'tadi.

Plagiatga qarshi
Jurnalda nashr etilishidan oldin barcha maqolalar plagiatga qarshi tekshiriladi (plagiat-70% dan yuqori bo`lsa qabul qilinmaydi). Agar muallif nashr etikasi me'yorlarini buzgan bo'lsa, maqoladagi ma'lumot va dalillarning ko'chirilganligiga yo'l qo'yilgan bo`lsa, takroriy nashrlar topilgan bo'lsa, shuningdek boshqa shu kabi bir qator holatlarda jurnal muharrirlari maqolani qaytarib olishga murojaat qilishlari mumkin.

Moliyaviy siyosat
Jurnalning tahririyat va nashriyot xizmatlari bepul. Maqolani topshirish, uni tekshirish va ko'rib chiqish uchun to'lov olinmaydi.

Jurnalda nashr etish shartlari
Nashrning ushbu sharti jurnalda nashr etishga taklifnoma hisoblanadi.

Maqolalarga qo'yiladigan talablar
Dolzarblik – maqola dolzarb mavzuda bajarilishi va mustaqil tadqiqotlar natijalarini o'z ichiga olishi kerak, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashriyotlarga nashr etilishi uchun yuborilmagan bo`lishi kerak.
Mas'uliyat – mualliflar taqdim etilgan material uchun to'liq javobgar. Maqola muallif tahririyatida chop etiladi. Bir yoki bir nechta (1 ta hammuallif) mualliflardan 1 tadan ko'p bo'lmagan maqola qabul qilinadi.
Maqola hajmi A4 (210х297 mm) formatda Times New Roman shriftida 14 kattalikda, qatorlar oralig'i – 1, xat boshi (абзац) – 1,25 sm, yuqoridan va pastdan, chapdan va o'ngdan – 25 mm; sahifalar raqamlanadi.
Maqolada materialni taqdim etish tartibi – УДК (UO`K – Universal o'nlik klassifikatsiyasi); ish nomi bosh harflar bilan yoziladi; mualliflarning Familiyasi I.O., ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o'qish joyi, shahar, mamlakat; uch tilda qisqa annotasiya va kalit so'zlar; maqola matni; foydalanilgan adabiyotlar alifbo tartibida joylashtiriladi (mualliflar soni 6 tadan oshmasligi kerak); maqolaga havolalar [1,2,...] ko'rinishida va maqola so'nggida adabiyot sifatida ko'rsatilishi lozim;
Rasmlar va jadvallar – rasmlar va jadvallar maqola matni markazida joylashtiriladi; jadvalda 12 shriftga ruxsat beriladi (kursiv va qalin harflardan foydalanmaslik); har bir rasm ostida yoki har bir jadvalning tepasida ularning raqami va nomi ko'rsatiladi (o'rtada, 12 shrift); yagona jadval (rasm) raqamlanmaydi; chizmalar kamida 60×60 mm va 110×170 mm dan oshmasligi kerak; barcha chizmalar (grafik, chiziqli) aniq bo'lishi kerak. br Hammualliflar soni – bittadan oshmasligi kerak; talabalar va ilmiy rahbar hammuallif bo'lgan maqolani nashr etishda, birinchi rahbarning familiyasi bo'lishi kerak; mualliflar faqat talabalar bo'lgan maqolalar nashrga qabul qilinmaydi. Maqola hajmi – A4 formatida 8 betdan 10 betgacha Jurnal yiliga 4 marta nashr etiladi. Hajmi – 48-64 bet ,Aylanma-500 namuna.

Nashr davlat xizmatlari markazida ro'yxatdan o'tgan Ro'yxatga olish guvohnomasi, 22 noyabr 2022 yil (N 049573) O'zR OAK tasdiqlangan, 7 mart 2023 yil (N 334/2) Nashr identifikatori: ISSN 2181-4023 EBSCO (AQSh) bilan shartnoma 3.04.2024 yil Katalogdagi obuna indeksi: № 1402 «MATBUOT TARQATUVCHI»

Murojaat uchun: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Manzil: 100174, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi 4. E–mail: journalsport2022@nuu.uz www: https://journalsportnuu.uz/