“JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT” XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2024 YIL UCHUN IKKINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ.
“JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT” JURNALINING 2024 YIL UCHUN IKKINCHI SONI NASHR ETILDI.
Yangi sonda 10 ta ilmiy-uslubiy maqolalar (4 ta maqola oʻzbek tilida, 4 ta maqola rus tilida va 2 ta maqola ingliz tilida) quyidagi boʻlimlarda taqdim etilgan: pedagogik kadrlarni tayyorlash; sport mashg'ulotining texnika, taktika va uslubiyati; jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik asoslari; bolalar-o'smirlar sporti; ommaviy jismoniy tarbiya va sport.
Shuningdek, dzyudochilarning kuch ko'rsatkichlarini oshirish usullari; futbolchilarni tayyorlash jarayonida qumli sirtlarning ta'siri; regbichilarning texnik va taktik mahorati, o‘quvchilarni kuch yuklamalariga moslashtirish; universitet talabalarining yurak holatini o'rganish masalalari; turli o'yin amplualaridagi gandbolchilarning morfologik ko'rsatkichlarini o'rganish; tennischilar uchun eksperimental mashqlar to'plami; ayollarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish; ofitser-o'qituvchilar uchun jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish majmuasi kabi mavzular muhokama qilinadi.
Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining "Jurnallar" bo'limi yoki EBSCO veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli o'quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.