“JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT” XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2024 YIL UCHUN UCHINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ.
“JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT” JURNALINING 2024 YIL UCHUN UCHINCHI SONI NASHR ETILDI (60 bet; tiraji 700 nusxa).
Yangi sonda 11 ta ilmiy-uslubiy maqolalar (4 ta maqola oʻzbek tilida, 5 ta maqola rus tilida va 2 ta maqola ingliz tilida) quyidagi sarlavhalarda keltirilgan: olimpizm, pedagogik kadrlarni tayyorlash; kasb-hunar ta'limi metodologiyasi va texnologiyasi; sport mashg'ulotining texnika, taktika va uslubiyati; jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik asoslari; ta'lim iqtisodiyoti va menejment; jismoniy tarbiya muammolari; ommaviy jismoniy tarbiya va sport.
Shuningdek, O'zbekistonlik sportchilarning Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya-2024 o'yinlaridagi chiqishlari; o'quvchilarning jismoniy rivojlanishini tog'rilashning tabaqalashtirilgan vositalari va usullarini topish muammolari; an'anaviy va eksperimental jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida kursantlarni organizmiga haqiqiy jismoniy kuchlanish rejimida yurak-qon tomir tizimining faoliyatini kuzatish natijalari va tavsifi; malakali dzyudochilar va pedagogika universitetlari talaba qizlarining jismoniy tayyorgarligi tizimida CrossFit o’quv vositalaridan foydalanish; basketbolchi talabalarni vestibulyar analizatorning qo’zg'atish xususiyati bilan to’pni savatga tashlash aniqligi va texnikasi ko'rsatkichlarining oshishiga bog'liqligi; “Jismoniy tarbiya” fanidan o'quv mashg'ulotlari davrida talabalarning funksional holati; turli xil o'yin rollaridagi malakali gandbolchilarning jismoniy ko'rsatkichlari va aerobik imkoniyatlarining informatsion ko'rsatkichlarini qiyosiy baholash; aortokoronar pavandlash operatsiyasidan keyin qon fermentlarining o'zgarishiga jismoniy reabilitatsiyaning ta'siri; O'zbekistonda ommaviy sport jarayonining milliy modeli; oliy ta'lim muassasalari sport klublarini strategik rejalashtirish kabi mavzular muhokama qilinadi.
Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining "Jurnallar" bo'limi yoki EBSCO veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli o'quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.