"JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA'LIM, MASHG'ULOT" JURNARLINING 2025 YIL UCHUN IKKINCHI SONI NASHR ETILDI (56-bet; tiraj 700 nusxa).
Yangi sonda quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 10 ta ilmiy-uslubiy maqola (3 ta o‘zbek tilida, 5 ta rus tilida va 2 ta ingliz tilida) taqdim etilgan: sport fani: muammolar va istiqbollar; sport mashg'ulotining texnika, taktika va uslubiyati; bolalar-o'smirlar sporti; jismoniy tarbiya muammolari; ommaviy jismoniy tarbiya va sport.
Muhokama qilingan mavzular: yuqori malakali gimnastikachilarni integral tayyorlash uslubiyati; talaba bokschilar o‘rtasida moslashuvchanlikni rivojlantirish metodologiyasi va uning zarba berish texnikasi samaradorligiga ta'siri; yuqori razryadli voleybolchi qizlarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uslubiyati; malakali gandbolchilar o‘yinining musobaqa sharoitidagi texnik-taktik tahlili; 3x3 formatdagi basketbolchilar o'quv-mashg‘ulot jarayonining xususiyatlarini tashxislashda so‘rovnomadan foydalanish uslubiyati; talaba-yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga munosabati va qiziqish darajasi; yirik sport musobaqalarining insonlarning faol turmush tarziga jalb qilishdagi ahamiyati; 40-55 yoshdagi ayollar jismoniy sifatlarini rivojlantirishda fitnes texnologiyalari; basketbolchi talabalarining hujumkor harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-mashg‘ulot jarayonini modellashtirish; gumanitar fanlar bo‘yicha boshlang‘ich kurs talabalarining jismoniy faolligiga ta’sir qiluvchi omillar.
Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining "Jurnallar" bo'limi yoki EBSCO veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli o'quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.