«Adaptiv sportni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
2025-yil 25-noyabr kuni A.I. Gersen nomidagi Rossiya
pedagogika universitetining Toshkent filialida «Adaptiv sportni rivojlantirish
istiqbollari» mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va
Rossiyaning rasmiy, akademik, jamoat, ishbilarmon, sport va oliy ta'lim
muassasalarining koʻplab vakillari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan
tadbirda «Jismoniy madaniyat: tarbiya, ta'lim, mashgʻulot» xalqaro ilmiy-uslubiy jurnalining 2023-2025 yillarda
chop etilgan 11 soni taqdimoti boʻlib oʻtdi.