«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2026-YIL UCHUN BIRINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ
«JISMONIY
MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» JURNARLINING 2026-YIL UCHUN BIRINCHI
SONI NASHR ETILDI (52 bet; tiraj 1000 nusxa).
Yangi sonda quyidagi bo‘limlar bo‘yicha
10 ta ilmiy-uslubiy maqola (3 ta o‘zbek tilida, 5 ta rus tilida, 2 ta ingliz
tilida) taqdim etilgan: sport fani: muammolar va istiqbollar; kasb-hunar
ta'limi metodologiyasi va texnologiyasi; sport mashg‘ulotining texnika, taktika
va uslubiyati; bolalar-o‘smirlar sporti; moslashuvchan jismoniy madaniyat;
jismoniy tarbiya muammolari; ta'lim iqtisodiyoti va menejment; ommaviy jismoniy
tarbiya va sport.
Muhokama qilingan mavzular: sportda ta’lim sifatini
baholash uchun neyron tarmoqlardan foydalanish uslubiyati; kursantlarni issiq iqlim sharoitida jangovar
vazifalarni bajarishga jismoniy tayyorlash; turli
yo‘nalishdagi yuklamalarni qo‘llagan holda voleybolchi talaba-qizlarning
jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish; yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini harakatli o‘yinlar
orqali takomillashtirish; uzluksiz ta’lim
tizimida pedagog xodimlarning inklyuziv kompetentligini shakllantirish; sport
menejeri: zamonaviy kasbning qiyinchiliklari; sport tayyorgarligiga ega
bo‘lmagan talaba-qizlarda kuch qobiliyatlarini kuch mashqlari vositalari orqali
takomillashtirish uslubiyati.
Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining «Jurnallar»
bo‘limi yoki «EBSCO» va «Crossref» veb-saytlari orqali
tanishishingiz mumkin.
Hurmatli
o‘quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.