Ro'yxatdan o'tish Tizimga kirish

«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» XALQARO ILMIY-USLUBIY JURNALINING 2026-YIL UCHUN UCHINCHI SONINI TAQDIM ETAMIZ

«JISMONIY MADANIYAT: TARBIYA, TA’LIM, MASHG‘ULOT» JURNARLINING 2026-YIL UCHUN UCHINCHI SONI NASHR ETILDI (60 bet; tiraj 1000 nusxa).

        Yangi sonda quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 10 ta ilmiy-uslubiy maqola (3 ta o‘zbek tilida, 5 ta rus tilida, 2 ta ingliz tilida) taqdim etilgan: pedagogik kadrlar tayyorlash; kasbiy ta’limda metodologiya va texnologiyalar; sport mashg‘ulotlarining texnikasi, taktikasi va uslubiyati; ommaviy jismoniy tarbiya va sport; adaptiv jismoniy tarbiya..

Muhokama qilingan mavzular: Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim konsepsiyasi: huquqiy kafolatlar va amaliyot uyg‘unligi; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadqiqotlarda statistik tahlil metodologiyasi va amaliyoti; bo‘lajak shifokorlarning kasbiy faoliyatlarini kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish («mikrobiologiya», «immunologiya» va «virusologiya» fanlari misolida); jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida kursantlarning kasbiy-psixologik barqarorligini shakllantirishning tizimli mexanizmlari; to‘siqlar oshib yuguruvchi sportchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari dinamikasi; futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtirokining tahlili; yuqori malakali voleybolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish va funksional holatini nazorat qilishning ilmiy-metodik asoslari; zamonaviy fitnes-texnologiyalar oliy ta’lim muassasalari talaba qizlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish vositasi sifatida; maktab ta’lim muhitining ta’lim sifatini oshirishda va nogironligi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy integratsiyasidagi roli; oliy ta’lim muassasasining adaptiv xavfsiz ta’lim muhitida maxsus tibbiy guruh talabalarining jismoniy tarbiyasi.

Maqolalar materiallari bilan jurnal veb-saytining «Jurnallar» bo‘limi yoki «EBSCO» va «Crossref» veb-saytlari orqali tanishishingiz mumkin.

Hurmatli o‘quvchilar, sharh va takliflaringizni kutamiz.